Hayit namozi o'qiladigan vaqt e'lon qilindi

0

O'zbekistondagi jome masjidlarda 2022 yil 9 iyul, shanba kuni Qurbon hayiti namozini o'qish vaqtlari ma'lum bo'ldi.

O'MI Toshkent shahar vakilligi Matbuot xizmati bu bo'yicha ma'lumot berdi.

Unga ko'ra, Toshkent shahri masjidlarida shu yil 9 iyul shanba  kuni ertalab soat 05:20 da Qurbon hayiti namozi o'qiladi.

Boshqa viloyat va hududlarda esa, namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib, quyosh chiqqandan so'ng o'qiladi.