Jamoat joyida mushtlashgan shaxslarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

0

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati ma'lumotiga ko'ra, 2022 yilning 05 iyul kuni 19:30 larda Samarqand shahrining Dahbed ko'chasida joylashgan o'quv markazlaridan birining bir guruh o'quvchilari o'rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik oqibatida janjal yuzaga kelgan.

Hodisa joyga IIB xodimlari yetib kelib janjal bartaraf etilib, fuqarolar hududiy IIBga olib kelinib, holat tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Hozirda Samarqand shahar bo'yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda .