Jonson Londonning Kiyevga 10 ta o'ziyurar artilleriya moslamalarini topshirish niyatida ekanligini ma'lum qildi

0

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning idorasi xabar berishicha, Britaniya bosh vaziri Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqoti chog'ida yaqin kelajakda Kiyevga o'nta o'ziyurar artilleriya moslamasini, shuningdek, o'q-dorilarni yetkazib berishni va'da qilgan.

“Bosh vazir unga Britaniya harbiy texnikasi, jumladan, yaqin kunlar va haftalarda mamlakatga kirib keladigan o'nta o'ziyurar artilleriya tizimi va o'q-dorilar haqidagi so'nggi ma'lumotlarni taqdim etdi”, — deyiladi TASS xabarida.

Avvalroq OAV Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaneze Ukrainaga harbiy yordam sifatida 14 ta bronetransportyor va 20 ta Bushmaster zirhli texnikasini berishga va'da bergani haqida xabar bergan edi.