U ishdan bo'shatildi.
Chunki uning aybi ko'p edi. Kechirib bo'lmasdi aybini. Ishxonadagi hamma guvoh edi uning aybiga. Oqlab bo'lmasdi gunohini. Shu sababli ham xodimlar qistovi bilan bo'shatildi.
Uning yagona aybi — nohaqlikka chidolmasdi, haqiqat tarafdori edi u. Nachora…
Ishdan bo'shatildi u. Hali yana qancha ishdan bo'shatilishi kerak…
K. Aslonov