Muqaddas Sa'dullayeva: «Taqdirimiz nima bo'lishi Xudoga ayon»

0

Aktrisa bu haqda jonli efir vaqtida gapirgan
Aktrisa Muqaddas Sa'dullayeva Instagram sahifasidagi jonli efir paytida ilk bor Yigitali bilan ajrashayotgani haqidagi savolga javob qaytardi.

Aktrisa o'z sahifasida jonli efir o'tkazdi. Efir vaqtida unga ko'p bor eri bilan munosabati haqida so'raldi. Uning so'zlariga ko'ra, hozircha oilaviy savollarga javob berolmaydi, lekin ajrashayotganini ham inkor etmadi. Ular bir necha kunlardan buyon birga emas. Yigitali u bilan tushgan barcha suratlarni o'chirib yuborgan. Ular Instagram’da bir-birini kuzatmay qo'ygan. Muqaddas Sa'dullayeva Alloh barchaga xayrlisini berishini ta'kidladi. Aktrisa hammasi oldingidan ham yaxshi bo'lishi mumkinligini aytdi. U ajrashayotgani haqidagi savollarga javob berolmaydi.

«Hozircha oilaviy savollarga javob bermayman. Alloh hammaga xayrlisini beradi. Nima bo'lganda ham barchasi yaxshilikka. Balki hammasi oldingidan ham yaxshi bo'lar. ‘Ajrashmoqchimisiz?’, kabi savollarning javobini berolmayman. Taqdirimiz nima bo'lishi Xudoga ayon», — deydi aktrisa.