Nur-Sulton shahri nomi o'zgaradi(mi)?

0

Nur-Sulton yaqin kelajakda avvalgi nomiga qaytmaydi. Bu haqda hukumat yig'ilishida Qozog'iston bosh vaziri o'rinbosari Yerali Tugjanov ma'lum qildi, deya yozadiOrda nashri.

Jurnalistlar undan poytaxtga avvalgi ismini qaytarish shartlari haqida so'radi, biroq Tugjanov to'g'ridan-to'g'ri javob berishdan qochdi.

«Buning uchun hali hech qanday sabab ko'rmayapman. Yana qaytaraman, hozircha hech qanday asos yo'q», — deydi Tugjanov.

Shuningdek, u poytaxt kunini nishonlash sanasi boshqa muddatga ko'chirilganiga ham izoh berdi. Endi u birinchi prezident Nursulton Nazarboyevning tug'ilgan kuniga to'g'ri keldi.

«Biz bir kishining tug'ilgan kunini emas, poytaxt kunini nishonlayapmiz. Har yili Nur-Sulton shahrining tug'ilgan kuni nishonlanganidek, bundan keyin ham nishonlanadi. Bilasizki, bizda ko'plab tadbirlar rejalashtirilgan. Ular rejalashtirilganidek, 1 iyuldan boshlab o'tkazilmoqda. Do'mbira kuni, Qozog'iston Barsi-2022 ham Poytaxt kuniga bag'ishlandi. 1 iyuldan 8 iyulgacha bo'lgan barcha tadbirlar Poytaxt kuni doirasida o'tkaziladi», — degan Tugjanov.

2019 yil 23 mart kuni Qozog'iston poytaxti Ostona shahri nomi rasman Nur-Sulton deb o'zgartirilgandi. Bu haqdagi farmonni prezident Qosim-Jo'mart To'qayev imzolagan.