Qadrli onalar!

0

Chaqaloqlar uchun so'rg'ich tanlashda nimalarga e'tibor berish lozim?

Chaqaloq vazniga
Og'iz bo'shlig'ining o'lchamiga
Ko'krak suti yoki aralashmani ichish intensivligiga (yutinish bilan bog'liq muammolarda so'rg'ich mumkin emas)
Bolaning yoshiga (2 yoshdan oshgan bolalarga so'rg'ich bermagan ma'qul)
So'rg'ichning nimadan tayyorlanganligiga va yumshoqligiga

So'rg'ichdan foydalanish mobaynida quyidagilarni bilish lozim!

Bir so'rg'ichdan faqat bir bola foydalanishi kerak
So'rg'ich teshilgan, shakli buzilgan, rangi o'zgargan yoki deformatsiyalangan bo'lsa, undan foydalanish mumkin emas
So'rg'ichni kamida 6-8 haftada almashtirib turish lozim
So'rg'ichni muntazam ravishda tozalab yuvib, sterilizatsiya qilish talab etiladi;
So'rg'ichni issiqlik yoki quyosh nurlarida qoldirish mumkin emas.