S vitamini shamollashda yordam beradi

0

S vitamini suyak va muskullar tarkibidagi kollagen moddasi hosil bo'lishida ishtirok etadi, temirning so'rilishini yaxshilab, inson immunitetini rag'batlantiradi, qon tomirlar devorini mustahkamlaydi.

Ko'p miqdorda qabul qilingan S vitamini bilan shamollashni davolash yoki belgilarni yengillashtirish haqidagi g'oya 2007 yilgi tadqiqotda inkor etilgan. Tadqiqotchilar kuniga 200 milligramm S vitamini qabul qilish shamollash davomliligi, darajasi va uchrash tezligini kamaytira olmasligini aniqlagan.

Meva sabzavotlar, ayniqsa sitrus mevalarni ko'p iste'mol qilish tananing S vitaminiga bo'lgan ehtiyojini qoplaydi. Kattalar uchun sutkalik ehtiyoj 90 milligrammni tashkil etadi.