TIV: Termizga 5 ta snaryad kelib tushgan (foto)

0

TIV xabariga ko'ra, 2022 yil 5 iyul, soat 16:20 atrofida O'zbekiston bilan chegaradosh hududga Afg'oniston tomonidan uchib kelgani taxmin qilingan beshta snaryad qulagan.

Snaryadlar tushganda portlashlar sodir bo'lmagan. Qurbonlar va vayronagarchiliklar yo'q.

Termiz shahridagi “Majnuntol” mahallasida joylashgan to'rtta xonadonga kichik zarar yetgan, beshinchi snaryad futbol maydonidan topilgan. Topilgan snaryadlar sapyor bo'linmasi tomonidan zararsizlantirilgan.

“Hozirda O'zbekistonning vakolatli organlari Afg'oniston tomoni bilan birgalikda ushbu hodisa sabablarini aniqlash bo'yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda”, deyiladi bayonotda.