O'zbekiston va Qirg'iziston o'rtasida avtobus qatnovi tiklanadi

0

O'zbekiston pandemiyadan keyin Qirg'iziston bilan avtobus qatnovini tiklaydi. Bu haqda «MIR 24» xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, yaqin kunlarda Toshkent–O'sh yo'nalishi bo'yicha qatnov yo'lga qo'yiladi. Hozirda yozgi sayyohlik mavsumiga Issiqko'lga kunlik reyslar tiklangan. Yo'nalish bo'ylab harakatlanish 13 soat davom etadi.

Avtobuslar yo'lovchilarga qulaylik yaratish uchun konditsioner va kino tomosha qilish uchun monitor bilan jihozlangan.