O'zbekistonning barcha hududida yod tanqisligi bilan bog'liq kasalliklarga chalinish mumkin — aholi ratsionida yod tanqisligi mavjud

0

O'zbekistonning barcha hududida yod tanqisligi bilan bog'liq kasalliklarga chalinish mumkin — aholi ratsionida yod tanqisligi mavjud.

Bu haqda AOKAda o'tkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig'i o'rinbosari Nurmat Otabekov ma'lum qildi.

Yod tanqisligi kasalliklari – patologik holat bo'lib, qalqonsimon bezning disfunksiyasi bilan bog'liq holda organizmda yodning yetarli darajada iste'mol qilinmasligi bilan bog'liq jarayon hisoblanadi.

Yod tanqisligiga qarshi ko'p yillik kurash olib borilayotganiga qaramasdan, hanuzgacha dunyoning ko'plab mamlakatlarida, shu jumladan, O'zbekistonda ham yod tanqisligi muammosi to'liq hal etilmagan.

Hozirga kelib, O'zbekiston sharoitida aholisi yod tanqisligi bilan bog'liq kasalliklarga chalinish xavfi bo'lmagan hudud yo'q, negaki respublikaning shu kungacha o'rganilgan barcha hududlarida aholi ratsionida yod tanqisligi mavjudligi kuzatilgan.

Kanalga ulaning:👉@humanuzofficial