“Xuaxin” o'zbek-xitoy qo'shma korxonasida ishchisi Man Ming it bolasini tiriklay kuydirdi

0

Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarida “Jizzaxdagi zavodda hayvonlar tiriklayin kuydirilmoqda…mi?”, “Bir hayvon ikkinchi hayvonni o'tda kuydirmoqda”sarlavhalarida Zafarobod tumani Chimqo'rg'on QFYda joylashgan “Xuaxin” sement zavodi ishchisi kiyimidagi shaxsning kuchuk bolasini kuydirayotgani bilan bog'liq xabarlar tarqaldi.
Zafarobod tumani IIB xodimlari tomonidan ushbu xabar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, mazkur holatni sodir etgan shaxs Xitoy Xalq Respublikasida tug'ilgan, “Xuaxin” o'zbek-xitoy qo'shma korxonasida mexanizator bo'lib ishlovchi Man Ming ekanligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan Zafarobod tuman IIB hodimlari tomonidan Man Mingning hayvonlarga shavqatsiz munosabatda bo'lganligi sababli unga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 111-moddasida (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo'lish) ko'rsatilgan xuquqbuzarlikni sodir etganligi tufayli ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.