«ZO’R TV» binosiga bomba qo'yilgani aytilmoqda

0

Bugun, 6 iyul kuni soat 08.56 da Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismiga Yashnobod tumanidagi «ZO’R TV» telekanali joylashgan hududda 2 noma'lum shaxs portlovchi modda o'rnatayotgani haqida xabar kelib tushgan.

Mazkur xabar asosida zudlik bilan Toshkent shahar IIBB xodimlari va boshqa mutaxassislar voqea joyiga yetib borgan. Hudud o'rganilganda portlovchi yoki hayot uchun xavfli bo'lgan boshqa moddalar aniqlanmagan, xabar o'z tasdig'ini topmagan, xavotirga asos yo'qligi aytilgan.

«Hozirda «ZO’R TV» telekanali o'z ish faoliyatini doimgidek olib bormoqda. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda. Shubhali holatga befarq bo'lmagan fuqarolarga minnatdorchilik bildiramiz», deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.