«ZO’R TV» binosiga bomba qo'yilgani to'g'risida tarqalgan xabar o'z tastig'ini topmadi

0

Bugun, 6 iyul kuni soat 08.56 da Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismiga Yashnobod  tumanidagi “Zo'r TV” telekanali joylashgan hududda 2 nafar noma'lum shaxs portlovchi modda o'rnatayotganligi haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Mazkur xabar asosida zudlik bilan Toshkent shahar IIBB xodimlari va boshqa mutaxassislar voqea joyiga yetib bordi. Hudud o'rganilganda portlovchi yoki hayot uchun xavfli bo'lgan boshqa moddalar aniqlanmadi, xabar o'z tasdig'ini topmadi, xavotirga asos yo'q. Hozirda “Zo'r TV” telekanali o'z ish faoliyatini doimgidek olib bormoqda. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Shubhali holatga befarq bo'lmagan fuqarolarga minnatdorchilik bildiramiz.