«Tolibon» Termizga uloqtirilgan snaryadlar bo'yicha munosabat bildirdi

0

“Tolibon” harakati madaniyat va axborot vaziri o'rinbosari Zabihulla Mujohid Afg'oniston tomonidan Termiz shahriga bo'lgan hujumga munosabat bildirdi.

Uning so'zlariga ko'ra, Termizga raketa hujumini uyushtirganlar O'zbekiston va Afg'oniston o'rtasidagi do'stlik rishtalarini buzishni maqsad qilganlar. Hozirda snaryad otganlar “Tolibon” huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan qidirilmoqda.

“Tolibon” vakili ushbu hujum katta ehtimol bilan IShID terroristik tashkiloti tomonidan sodir etilganini ma'lum qildi.