Toshkent metrosining bir bekati vaqtincha yopildi

0

Toshkent metrosidagi yerusti halqa yo'lining 7-bekati bir haftaga yopildi. Bu haqda metropoliten xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida Farg'ona yo'li ko'chasidan “Qo'yliq” dehqon bozori tomon qurilayotgan yo'l o'tkazgichining metropoliten yerusti halqa yo'lining 6 va 7-bekatlari oralig'ida qolip konstruksiyalarini o'rnatish ishlari amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan 7-bekat 11 iyuldan 18 iyulga qadar yo'lovchilarga vaqtincha xizmat ko'rsatmaydi. Yerusti halqa yo'li yo'nalishida poezdlar harakati “Do'stlik—2” bekati bilan 6-bekat oralig'ida tashkil etiladi.

«Shuningdek, 11 iyuldan avgustga qadar yerusti halqa yo'lida poezdlar harakati soat 05:00 dan 23:00 gacha amalga oshiriladi»,-deyiladi xabarda.