U nima edi?

0

Qozog'istonning Shimkent shahrida 2 iyul kuni fuqaro noma'lum uchar jismni videoga oldi. Bu haqda «Tengrinews» xabar berdi.

Avvaliga guvohlar ob'yektni samolyot deb o'ylagan. Biroq osmonda qayd etilgan jismning harakat traektoriyasi samolyot xususiyatiga to'g'ri kelmagan. Uchar jism quyoshda yorqin porlab, tartibsiz harakatlana boshlagan.

Keyin u sekinlashib, parvoz balandligini pasaytirgan. Shundan so'ng, yana balandga ko'tarilib, ko'zdan g'oyib bo'lgan. Videodagi izohlarda ayrimlar bu kvadrokopter ekanini tahmin qilgan. Boshqalar esa bu noma'lum uchar jism emas, oddiy paket deb hazil qilgan.