Shifokor Laylo Baxtiyorova:
– Chang – umumiy tushuncha (hayvon yunglari, mog'or, yostiq parlari) allergen bo'la oladi, ammo eng asosiysi, uy changi kanasi va uning chiqindilari.
-Uy changi kanalariga sezgirlik nafas yo'llari kasalliklari bilan kasallanganlarning 75 foizida mavjud.
-Asoratlar orasida rinit va kon'yuktivit eng ko'p uchraydi. Rinitda burundan tez-tez suv oqadi, burun bitadi. Kasallik ko'pincha ko'z qovoqlarining qichishi, shish va ba'zida ko'zning og'rig'i bilan birga keladi.
Nima qilish kerak?
– Kasallikning oldini olish uchun allergen bilan aloqani cheklash kerak. Avvalo, «chang yig'uvchilar» dan xalos bo'lishni o'ylab ko'ring: yumshoq mebellar, pardalar, o'yinchoqlar, par ko'rpa va yostiqlarni sintetikaga almashtirish kerak. Kitoblar yopiq joylarda saqlanishi kerak. Gilamlardan voz kechgan yaxshiroqdir, chunki ular tez chang yig'adi. Eng asosiysi, choyshablarni muntazam almashtirish kerakligini yoddan ko'tarmaslikdir.
«Sog'lom hayot»