Gruziya bosh vaziri O'zbekistonga keldi

0

Gruziya Bosh vaziri Irakliy Garibashvili boshchiligidagi delegatsiya yurtimizga rasmiy tashrif bilan keldi. Bu haqda O'zA xabar bermoqda.

Yuqori martabali mehmonni O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov kutib oldi.

Tashrif davomida delegatsiya a'zolarining «Yangi O'zbekiston» bog'idagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qo'yishi, poytaxtimizdagi “Texnopark” faoliyati bilan tanishishi rejalashtirilgan.

Ertaga, 19 iyul kuni kengaytirilgan formatda muzokaralar bo'lib o'tadi.