O'zbekiston 2031 yilga borib uran qazib olishni 2 baravarga oshirmoqchi

0

O'zbekistonda 2030 yilgacha uran ishlab chiqarish hajmi 7100 tonnaga yetkaziladi. Bu haqda prezident imzolagan yangi qarorda so'z boradi.

2022-2030 yillarda “Navoiyuran” davlat korxonasining uran qazib olish va qayta ishlash hajmlari oshiriladi. Hozirda tabiiy uran konsentrati 3526 tonnaga teng bo'lib, bu ko'rsatgich shu yilning o'zida yana 30 tonnaga (3526) oshiriladi.

Qayd etilishicha, amalda uran zaxiralari hajmi 4761 tonnani tashkil etmoqda. Bu ko'rsatgichni 2030 yilga borib 10 500 tonnaga yetkazish taxmin qilinmoqda.