O'zbekistonda havo hamon issiqligicha qolmoqda

0

Bugun, 25 iyul kuni O'zbekistonda havo hali ham issiq bo'ladi.

Faqat Qoraqalpog'istonda, Xorazm viloyatida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin.

Respublika bo'yicha ba'zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to'zonlari bilan kuzatilishi mumkin.

Farg'ona viloyatining tog' oldi va tog'li hududlarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Harorat 38-43°, janubda ba'zi joylarda 47° gacha, shimolda 32-37° bo'ladi.

Poytaxtimizda havo quyoshli bo'ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 41-43° atrofida saqlanib turadi.

Tog'li hududlarda yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kunduzi 32-37° bo'ladi.