Yassi oyoqlikni mashq yordamida davolash mumkin

0

Yassi oyoqlikni ko'pincha tabiiy usulda davolashni afzal ko'rishadi. Bu borada turli tavsiyalardan foydalanish mumkin.

– Oyoq uchida yurish. Imkon qadar oyoq tovonlari eng yuqori balandlikka ko'tarilib, oyoq uchida turgan holatda avval oldinga, so'ngra orqaga yuriladi;

– Chalqancha yotgan holatda tizzalar bukiladi. Oyoq kaftlarini yerdan uzmagan holatda tovonlar ko'tarib tushiriladi. Bu mashq 30 marotaba bajariladi;

– Raqsga tushish. Chaqqon harakatlanishni talab qiladigan raqs turlari (lezginka) ham yassi oyoqlikda yaxshi samara beradi.

SoglomHayot