Tinimsiz yog'ayotgan yomg'irlar 457 nafar insonning yostig'ini bevaqt quritdi

0

Pokistonda so'nggi bir kunda kuchli yomg'irlar oqibatida 22 kishi hayotdan ko'z yumdi.
Pokiston milliy matbuotida chop etilgan xabarga ko'ra, mamlakat bo'ylab davom etayotgan musson yomg'irlari hayotga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Kashmirda uyning tomi qulashi oqibatida o'n kishi, jumladan, ayollar va bolalar halok bo'ldi.

Xayber-Paxtunxva viloyatining turli hududlarida kuchli yomg'ir sabab bo'lgan baxtsiz hodisalarda 12 kishi halok bo'ldi.

Kuchli yomg'irdan eng ko'p Balujiston viloyati zarar ko'rdi. Shtat bo'ylab 10 129 ta uy zarar ko'rgan, 3 406 ta uy butunlay vayron bo'lgan. Yomg'irlar tufayli 16 ko'prik va 640 kilometr avtomobil yo'llari shikastlangan, 20 mingdan ortiq qishloq xo'jaligi hayvonlari nobud bo'lgan.

Shtatdagi 7 ta to'g'onda yoriqlar paydo bo'lgan.

Mamlakatda iyun oyidan beri davom etayotgan yomg'irlarda halok bo'lganlar soni 457 nafarga yetdi.