Qog'oz stakanlar zararlimi?

0

Shifokor Sherali Sunnatullayev:

Bitta qog'oz stakanning ichki qoplamasi 15 daqiqada suvga 25 ming mikroplastik zarrachasini chiqaradi.

Har safar choy, qahva yoki boshqa issiq ichimlik ichganingizda stakanlardan inson tanasiga juda ko'p miqdorda mikrozarrachalar kiradi. Bunday idishlar tarkibida palladiy, xrom, kadmiy kabi zaharli og'ir metall ionlari hamda ba'zi xavfli organik birikmalar mavjud.

Hozirgi kunda zararsiz deb sopol, yog'och, sifatli chinni va xrustal idishlar tan olingan bo'lib, shulardan foydalanish tavsiya qilinadi.