Farg'ona shahrida dorixonaga o'g'irlikka tushgan shaxs qo'lga tushdi

0

Farg'ona shahar. Fuqaro M.A IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 13 iyun kunidan 14 iyun kuniga o'tar kechasi noma'lum shaxs Yangi asr ko'chasida joylashgan dorixonasiga g'ayriqonuniy ravishda kirib, dorixonadan jami narxi 1.700 AQSh dollarlik 2 dona noutbuk, kuzatuv kamera xotirasi va 400.000 so'm pullarini yashirin ravishda o'g'irlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg'ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “G” bandi (o'g'irlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni M.B sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.