Kanadada 890 odam maymunchechak bilan kasallandi

0

Kanada sog'liqni saqlash agentligi chorshanba holatiga ko'ra, mamlakatda 890 odamning maymunchechak bilan kasallanganini tasdiqladi, deya xabar bermoqda NEWS CN.

Ontario provinsiyasida 423 ta, Kvebekda 373 ta, Britaniya Kolumbiyasida 78 ta, Albertada 13 ta, Saskachevanda 2 ta va Yukon xududida 1 ta holat qayd etilgan.

Kanada Milliy Mikrobiologiya Laboratoriyasi maymunchechak kasalligini keltirib chiqaradigan virusga diagnostik test o'tkazmoqda. Bundan tashqari, laboratoriya butun genom ketma-ketligini, Kanada maymunchechak namunalarining kengaytirilgan tahlilini o'tkazmoqda.

Kanada hukumati 70 000 dan ortiq dozada «Imvamune» vaksinalarini sotib oldi va o'ziga bo'ysunuvchi davlat sog'liqni saqlash tashkilotlari bilan faol ishlashda davom etmoqda.

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti maymunchechak epidemiyasini xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat deb e'lon qildi.