Maryam Tillayevaning ota-onasi qizining Amiran bilan nikohiga qanday munosabatda?

0

Islom Karimovning nevarasi Maryam Tillayeva rus internet nashrlaridan biriga bergan intervyusida ota-onasining Amiran Sardarov bilan nikohiga munosabati qandayligin aytdi.

Uning so'zlariga ko'ra, dastlab ota-onasi bunga qarshi bo'lgan. O'sha paytda Maryam Tillayeva hech kimni eshitishni istamagan. Keyin ular qiziga bu uning shaxsiy tajribasi ekanini aytib, istaganicha yashashiga qo'yib bergan. Maryam Tillayeva bu to'g'ri bo'lganini ta'kidladi. U ota-onalar farzandlarini hech nimaga majburlamasligi kerakligini aytgan.

«O'tish kerak bo'lsa, boshidan o't, boshdan kechir, deyishdi. Avvaliga ular bunga mutlaqo qarshi edi, lekin men hech kimni tinglashni xohlamadim. Keyin ular ‘Bu senning shaxsiy tajribang. Agar senga biror narsa kerak yoki nimadir yo'q bo'lsa, bizga ayt’, dedi. Menimcha, bu to'g'ri. Ota-onalar sizni biror narsaga majburlashlari to'g'ri emas, chunki bola buni o'zicha qiladi. Keyin ular ‘Mayli, istaganingni qil’, dedi.