Qashqadaryoda 6 nafar farzandning ota-onasi 22 yildan so'ng nikohdan o'tishdi

0

Koson tuman Pistali mahallasida yashovchi fuqarolar Berdiyorov Husan va Boboqulova Sadoqat 6 nafar farzandli bo'lganliklaridan so'ng rasman nikohdan o'tishdi. Bu haqda «darakchi.uz»ga Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, shu vaqtga qadar hatto farzandlariga ham tug'ilganlik guvohnomasini olishmagan edi. Sayyor qabullar jarayonida aniqlangan bu holat Koson tuman FHDY bo'limi tomonidan tez orada bartaraf etildi, Ularning farzandlariga ham hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

«Hujjatlarim yo'qligidan ilgari uyalardim, birovga ayta olmasdim, hujjat olish judayam murakkab jarayon deb hisoblardim. FHDY xodimlari mahallamga borgandan so'ng xavotirim so'ndi, juda xursand bo'ldim. Rasman O'zbekiston fuqarosi ekanligimga xaliyam ishonmayman», – deydi Sadoqat Boboqulova