Toshkentdagi qurilishi bitmagan 12 qavatli bino yonib ketdi (video)

0

Voqea joyiga FVB rahbariyati, IIB va SSB xodimlari yetib borgan.

Bugun, 5 avgust kuni soat 18:23 da Toshkent shahar Chilonzor tumani Seul ko'chasida joylashgan 12 qavatga mo'ljallangan qurilishi tugallanmagan binoda yong'in sodir bo'layotganligi to'g'risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko'ra, 4 ta yong'in-qutqaruv ekipaji yetib borgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, yong'in natijasida binoning 2 qavatida 140 kv.m maydonda qurilish maxsulotlari yonib zararlangan.

Yong'in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo'lish xolatlari yo'q.

«Hozirda yong'inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda»,-deyiladi xabarda.