O'zbekiston TIV Ozarboyjonning Londondagi elchixonasiga uyushtirilgan hujum yuzasidan bayonot berdi

0

4 avgust kuni Ozarboyjonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasiga bir guruh radikal diniy guruh tomonidan hujum uyushtirildi va guruh a'zolari  elchixona binosiga bostirib kirdi.

Binoning balkoniga chiqib olib  bayroqlarni ko'targan bir guruh shaxslar radikal diniy shiorlarni ko'rsatishgan.

O'zbekiston TIV Ozarboyjon Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Elchixonasiga g'arazli maqsadda uyushtirilgan hujumni qat'iy qoralaydi va vazirlik bu borada o'z bayonotini e'lon qildi.

«Diplomatik vakolatxonalar xodimlarining hayoti va salomatligiga tahdid soladigan har qanday xatti-harakatlarni mutlaqo qabul qilib bo'lmaydi, deb hisoblaymiz»,-deyiladi unda.

TIV hodisani har tomonlama tekshirish va barcha aloqadorlarni javobgarlikka tortishga chaqirmoqda.

«O'zbekiston tomoni qardosh Ozarboyjonni xorijdagi fuqarolarining xavfsizligi va himoyasini ta'minlashda qo'llab-quvvatlashini bildiradi»,-deyiladi bayonot so'ngida.