8am.af xabariga ko'ra, Tolibon Nimroz viloyatida Kamolxon to'g'onini ochgan.Videoda Eronning Afg'oniston bilan chegaradosh Siston va Balujiston viloyatiga suv kelishi tasvirlangani aytilmoqda.
Taxminan bir hafta oldin Eron suv mojarosi bo'yicha o'z pozitsiyasini jiddiy ravishda qattiqlashtirib, kuchli qurg'oqchilik tufayli Tolibonning daryodagi suv sathi yetarli emasligi haqidagi da'volarini boshqa bahona sifatida qabul qilmasligini bildirgan edi.