AQSh Xitoy chegarasida harbiy mashg'ulotlar o'tkazishi mumkin

0

AQSh Xitoy bilan chegara nazorat chizig'idan taxminan 95 km uzoqlikda bo'lib o'tadigan Hindistonning “Harbiy amaliyot” mashg'ulotlarida qatnashish uchun qo'shinlarini yuborishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda «Zamon.uz» nashri xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, amaliyot hududi qariyb 3 ming metr balandlikda joylashgan bo'lib, mashg'ulotlar yuqori balandlikda bo'lib o'tadi.

AQSh Mudofaa vazirligi vakilining CNN telekanaliga bildirishicha, Hindiston bilan hamkorlik erkin va ochiq Hind-Tinch okeani uchun umumiy qarashning eng muhim elementlaridan biri hisoblanadi.