Bugun taniqli aktrisa Shahzoda Matchonova tavallud topgan kun

0

Bugun taniqli aktrisa Shahzoda Matchonova tavallud topgan kun.

1987-yilning 8-avgustida Nukus shaµrida tavallud topgan aktrisa ijodiy faoliyatini Zebo Navro'zovaning “Aprel-may” filmidagi debyut roli bilan boshlagan.

 

Shahzoda Matchonova “Qalbim o'g'risi”, “So'nggi lahza”, “Maqsad”, “o'zimdan o'zimgacha”, “Novda”, “Berlin-Oqqo'rg'on”, “Xazonrezgi”, «Balli, Kamoliddin», “Isnod”, “Qutqaring, qariyapman”, “Tinchlik ortida”, “Ma'suma”, “Baron” va “Ibrat” kabi kinokartinalarda o'ziga xos rollarni ijro etgan.

 

U 2018-yili Qirg'izistonning Bishkek shahrida bo'lib o'tgan festivalda rejissyor Yolqin To'ychiyevning “Ma'suma” filmidagi bosh roli uchun “Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi” e'tirofiga hamda “Ak Ilbirs” qirg'iz milliy kinomukofotiga sozovor bo'lgan.