Tolib Hojiyev Shohida Uzoqovaga uylanmoqchi bo'lgan

0

«Oliygohda birga o'qiganmiz», — deydi u.
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Tolib Hojiyev «Mashhurlar» ko'rsatuviga bergan intervyusida hamkasbi Shohida Uzoqovaga uylanmoqchi bo'lganini aytdi.

Uning so'zlariga ko'ra, san'atkorlar universitetda birga o'qigan. Tolib Hojiyev Shohida Uzoqovaning mard, yelkadosh bo'lishga harakat qiladigan qiz bo'lganini ta'kidladi. Ular do'st bo'lgan. Biroq o'sha vaqtda aktyor guruhdoshiga uylanmoqchiligini aytgan. Shohida Uzoqova esa unga do'stlik yo'lini tanlashgani uchun shu qarorda qolish kerakligini ta'kidlagan. Tolib Hojiyev ular hozir ham bir-biri bilan dardlashib turishini aytib o'tgan.

«Shohida mard qiz. Dardingizga sherik, yurakdan sizga yelkadosh bo'lishga harakat qilib, uddasidan chiqadigan qiz. Biz Shohida Uzoqova bilan oliygohda birga o'qiganmiz. Talabalik davrimizdan u menga befarq bo'lmagan. Nima xizmatim bo'lmasin birortasiga yo'q demagan. Bir kun ‘Shohida senga uylanmoqchiman’, dedim. U esa ‘Sen do'stingga uylanasanmi?’, dedi. Unga agar rozi bo'lsa, shunday niyatim ham yo'q emasligini aytdim. Shohida ‘Endi do'st bo'ldik. Qo'y uning yo'lini boshqa tomonga burmaylik’, dedi. Shundan keyin do'st bo'lib qoldik. Mana necha yil bo'lgan bo'lsa ham biz bir-birimiz bilan xabarlashamiz, dardlashamiz», — deydi.