O'zbekiston aholisining 57 foizi mehnatga layoqatlidir

0

Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 1 iyul holatiga O'zbekistonda doimiy aholi soni 35,6 mln kishini tashkil qilmoqda.

Shu bilan birga, 11,2 mln kishi mehnatga layoqatli yoshdan kichik (31,6 foiz), 20,3 mln kishi mehnatga layoqatli (57,2 foiz) va 3,9 mln kishi mehnatga layoqatli yoshdan katta (11,2 foiz) hisoblanadi.