Jizzaxda «Isuzu» va «Zil-130» o'zaro to'qnashib ketdi. Natijada…

0

8 avgust Jizzax viloyati, G'allaorol tumani hududidan o'tgan M-39 avtomobil yo'lida, «Toshkent-Samarqand» yo'nalishida haydovchi, 1996 yilda tug'ilgan Z.N. boshqaruvida bo'lgan «Isuzu» rusumli hamda haydovchi, 1971 yilda tug'ilgan M.Q. boshqaruvida bo'lgan «Zil-130» rusumli yuk avtomobillari ishtirokida YTH sodir bo'lgan.

Natijada ikkala transport vositasi ham ag'darilgan.

YTH natijasida «Isuzu» avtomobilining haydovchisiga hamda «Zil-130» rusumli avtomobilda bo'lgan bir nafar yo'lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko'rsatilgan.

YTH yuzasidan tuman IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.