Yulduz Nizomova ilk bor ona bo'ldi

0

Xonandaning farzandi 8 avgust kuni tug'ilgan.
Xonanda Yulduz Nizomova Instagram sahifasida ilk bor ona bo'lganini ma'lum qildi.

U 8 avgust kuni farzandini dunyoga keltirgan. Xonanda «Bu o'g'il», deb yozilgan suratni o'z sahifasiga joylagan. Yulduz Nizomovaning bir qancha tanishlari o'z Instagram sahifasida uni farzandli bo'lgani bilan tabriklagan.

«08.08.2022. Allohimga behisob shukur», — deb yozadi Yulduz Nizomova.