Ra'no Shodiyeva nabirali bo'ldi

0

Aktrisa Ra'no Shodiyeva Instagram sahifasida ko'zlarida yosh bilan muxlislariga yangilikni e'lon qildi.

U nabirali bo'lganini e'lon qilgan. Uning o'g'li Diyor va kelini Anastasiya 11 avgust kuni o'g'il farzandli bo'lgan. Aktrisa bu xabarni eshitib, juda xursand bo'lganini ta'kidlagan. Uning so'zlariga ko'ra, bu hayotidagi eng baxtli kunlaridan biri. Shuningdek, Ra'no Shodiyeva unga nabira sovg'a qilgani uchun farzandlariga rahmat aytgan.

«Bugun eng baxtli kunlarimdan biri bo'ldi. Sizlar bilan bo'lishgim keldi. Xudoga shukur meni shu kunga yetkazdi. Men buvi bo'ldim. Tabriklasangiz bo'ladi. Rahmat bolalarim, menga o'g'il nabira sovg'a qilganingiz uchun», — deydi aktrisa.