Ziroat Mirziyoyeva nomidan mukofot pullari tarqatilayotgani rostmi?

0

«Zamin» xalqaro jamoat fondi xabarga oydinlik kiritdi, deb yozmoqda Zamon.uz nashri.
«Zamin» xalqaro jamoat fondi ijtimoiy tarmoqlarda Ziroat Mirziyoyeva nomidan mukofot pullari tarqatilayotgani aytilgan xabarlar yolg'on ekanini tasdiqladi.

 

Ma'lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda «Zamin» fondi Vasiylik kengashi raisi nomidan soxta akkauntlar ochilib, xayriya va mukofot pullari tarqatilishi haqida yolg'on axborotlar tarqatilmoqda.

 

«Mazkur xabarlar haqiqatga mutlaqo to'g'ri kelmaydi va yurtdoshlarimizni bu kabi feyk ma'lumotlarga ishonmaslikka chaqiramiz», — deyiladi xabarda.
«Zamin» fondi loyihalari haqida uning veb-saytida hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali xabardor bo'lish mumkin.