Abiturientlar uchun qo'shimcha imkoniyat berildi

0

Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abiturientlar professional ta'lim muassasalariga kirish uchun ham ro'yxatdan o'tishlari mumkin. Bu haqda Davlat test markazining rasmiy telegram kanalida xabar berilmoqda.
Bunda abiturientlarda OTMlarga kirish test sinovlarida to'plagan ballari bilan professional ta'lim muassasalariga kirish uchun tanlovda ishtirok etish imkoniyati mavjud.

Buning uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim:

abiturient professional ta'lim muassasasiga kirish uchun tanlayotgan ta'lim yo'nalishining fanlar majmuasi va ketma-ketligi OTMarga kirish uchun tanlagan ta'lim yo'nalishining fanlar majmuasi bilan bir xil bo'lsa;

abiturient oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan bo'lsa;

professional ta'lim muassasalariga kirish uchun ro'yxatdan o'tishda mazkur imkoniyatdan foydalanishni tanlasa.

Agar mazkur shartlar bajarilmasa yoki abiturient mazkur imkoniyatdan foydalanishni istamasa barcha abiturientlar kabi professional ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etadi.