Central Park’dan uchib chiqqan oqqushni so'yib yegan erkak jarimaga tortildi

0

Toshkentda Central Park’dan uchib chiqqan oqqushni so'yib yegan erkak jarimaga tortildi.

Qushni erkakning uyida 13 yashar o'g'il so'ygan. Ularning ta'kidlashicha, oqqushni oq g'oz deb o'ylashgan.

«Mehr va oqibat» vakillari, bog' xodimlari va Mirzo Ulug'bek tumani profilaktika inspektori 6 avgust kuni erkak va uning 13 yoshli o'g'li bilan uchrashgan.

Erkakning so'zlariga ko'ra, ular oqqushni oq g'oz deb o'ylashib, uni ovqatlantirmoqchi bo'lishgan, lekin u ovqatdan bosh tortgan.

Aybdor yakunda 1,8 million so'm miqdorida jarimaga tortildi.