Finlyandiya va Shvetsiya NATOga a'zo bo'lish shartlarini bajarmadi — Turkiya tashqi ishlar vaziri

0

Shvetsiya va Finlyandiya Turkiyaning NATOga a'zo bo'lish uchun ma'qullagan shartlarni bajarmayapti. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho'g'li ma'lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Uning so'zlariga ko'ra, har ikki davlat ham “Turkiya bilan kelishuvlar bo'yicha aniq qadamlar qo'yganicha yo'q”. U, shuningdek, 26 avgust kuni Anqara-Xelsinki-Stokgolm NATOning birinchi yig'ilishi bo'lib o'tishini ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, 9 avgust kuni Jo Bayden Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga qo'shilishi to'g'risidagi protokollarni imzoladi. Shuningdek, u alyansning boshqa mamlakatlarini ikki davlatning tashkilotga kirishini imkon qadar tezroq ma'qullashga chaqirdi.