Kuni kecha o'zbek yengil atletikachilari orasida birinchi bo'lib “Brilliant liga”da muvaffaqiyatga erishgan Mudofaa vazirligi Sport markazi sportchisi Qurolli Kuchlar xizmatchisi Safina Sadullayeva yana bir g'alabani qo'lga kiritdi.
Balandlikka sakrash dasturida 1,97 metr natija qayd etgan Safina oltin medalga sazovor bo'ldi. Bu bilan atletikachi o'zining shaxsiy natijasini yaxshiladi.