Janubiy Koreyada kuchli yomg'ir tufayli 14 kishi halok bo'ldi

0

Janubiy Koreyada shu haftada sodir bo'lgan yomg'irlar qurbonlari soni 14 kishiga yetdi, yana to'rt kishining taqdiri noma'lumligicha qolmoqda, deb xabar berdi Yonhap axborot agentligi mahalliy hokimiyatga tayanib.

Avvalroq 13 kishi halok bo'lgani haqida xabar berilgan edi. Koreya Meteorologiya boshqarmasi (KMA) ma'lumotlariga ko'ra, Seulda dushanbadan chorshanba kuni ertalabgacha jami 525 millimetr yomg'ir yog'di. Metropoliten va unga yaqin viloyatlarda 3000 ga yaqin binolar suv ostida qolgan, ularning aksariyati Seulda.

Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, yomg'ir qurbonlari soni 14 kishiga yetgan. Yana to'rt kishi bedarak yo'qolgan. 18 kishi jarohatlangan. Mamlakat bo'ylab 7480 kishi vaqtincha evakuatsiya qilindi.