Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga boradi va Makkayu Madinani ziyorat qiladi

0

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma'lum qilishicha, 17-18 avgust kunlari Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistonida bo'ladi.

Bu oxirgi 30 yil ichida O'zbekiston prezidentining ushbu mamlakatga ilk tashrifidir. Oxirgi marta Islom Karimov 1992 yilning aprelida Saudiyada bo'lib, Umra ziyoratini amalga oshirgandi.