Toshkentda «Vaz 2106» daraxtga urilib, ikki qismga bo'linib ketdi

0

Toshkent shahrining Sergeli tumanida «VAZ-2106» rusumli avtomashina daraxtga borib urilgan. Bu haqda IIV YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Baxtsiz hodisa 14 avgust kuni ertalab soat 7:30 atrofida sodir bo'lgan. 2002 yilda tug'ilgan haydovchi Yangi Sergeli ko'chasidan Janubiy vokzal tomon ketayotganda boshqaruvni yo'qotib qo'ygan. U daraxtga urilib, mashina ikkiga bo'linib ketgan.

Bola jarohat olib, shifoxonaga yetkazilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.