Boshingiz og'riydimi? Bu tavsiyalarga amal qiling!

0

Bosh og'rishi juda ko'p kuzatiladigan holatlardan biridir. Bosh og'rishida tanamizdagi ayrim mikroelementlar, moddalar miqdorining o'zgarishi ahamiyatga ega hisoblanadi.

Magniy elementi bosh miyada qon aylanishini yaxshilaydi va qondagi qand miqdorini tartibga soladi. (yangi ko'katlar, sabzavotlar, pomidor, yong'oq va loviyada mavjud)

V⁶ vitamini vegetativ nerv tizimini tartibga soladi va ob-havo o'zgarishiga bo'lgan sezgirlikni pasaytiradi. (vitamin komplekslari holatida mavjud)

Shuningdek, tez-tez bosh og'rig'idan aziyat chekadiganlar uchun zanjabil (imbir) iste'mol qilish tavsiya etiladi. Tarkibidagi faol modda qon tomirlar yallig'lanishiga va migrenga olib keluvchi ta'sirni yo'qotadi.