O'zbekiston, Turkmaniston va Eron xalqaro transport koridori bo'ylab yuk tashishni tashkil qilmoqchi

0

Gap O'zbekiston-Turkmaniston-Eron yo'lagi bo'ylab Turkiyaga yuk tashish haqida ketmoqda. Bu masala Turkmanistonda bo'lib o'tgan dengizga chiqish imkoni bo'lmagan mamlakatlar transport vazirlari konferensiyasida delegatsiyalar tomonidan muhokama qilindi.

Tomonlar, shuningdek, avtomobil transporti uchun to'lovlarni kamaytirish, O'zbekistondan haydovchilar uchun Turkmaniston vizalarini olish tartibini soddalashtirishga kelishib oldi.

Tajriba tariqasida Chobahor portidan O'zbekistonga yuk tashish bo'yicha Eron bilan kelishib olindi.