Afg'onistonda masjidda portlash bo'ldi. 40 nafarga yaqin odam va masjid imomi halok bo'ldi

0

Afg'onistonning Kobul shahridagi Xayrxon hududidagi masjidda sodir bo'lgan portlash oqibatida halok bo'lganlar soni 35 kishiga yetdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda, deya yozdi “Zamon.uz”.

Ma'lum qilinishicha, qurbon bo'lganlar orasida masjid imomi ham bor.

Shifokorlarga ko'ra, 27 nafar yarador Kobuldagi tez tibbiy yordam shifoxonasiga olib kelingan. Hodisa shom namozi vaqtida yuz bergan. Guvohlarning aytishicha, kuchli portlash zarbidan yaqin oradagi binolarning derazalari singan. Voqea joyiga tez yordam mashinalari yetib kelgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Kobuldagi stadionda portlash sodir bo'lgan edi. Hodisa Afg'oniston poytaxtida o'tkazilgan kriket musobaqasi vaqtida ro'y bergan.