Ortiqcha terlash qaysi kasalliklardan dalolat beradi?

0

Kuchli terlash ko'plab kasalliklar uchun umumiy alomatdir. Ammo bu kasallikning faqat bitta alomati, quyida ko'p terlash bilan kechadigan ma'lum bir kasalliklarning boshqa alomatlari ham keltirilgan, bu kuchli ter ajralishi sababini aniqlashtirishga yordam berishi mumkin.

Isitma bilan kechuvchi kasalliklar ya'ni tana haroratining ko'tarilishi va organizmga pirogenlar tushishi (ko'pincha viruslar) bilan kechadigan kasalliklar.
Semizlik. Ortiqcha vaznli odamlarda har bir harakat ko'p kuch talab qiladi. Tana osonlikcha qizib ketadi va terlaydi.
Gipertireoz. Terlash kun davomida kuchayadi. Bundan tashqari, kasallik ishtaha pasayishi va vazn yo'qotish, zaiflik, asabiylashish, yurak urishi, qo'llar titrashi, ba'zan ko'zlarini bo'rtib chiqishi kuzatilishi bilan kechadi.
Limfa tizimi o'smalari. Leykoz va limfoma zaiflik va ishtaha yo'qolishidan boshlanadi.
Tuberkulyoz. Tungi terlash, doimiy yo'tal, vazn yo'qotish, zaiflik.
Qandli diabet. Qonda qand darajasi keskin pasayganda (gipoglikemiya) kuchli terlash namoyon bo'ladi.
Me'da osti bezi saratoni. Gipoglikemiyadagi kabi belgilar mavjud: terlash, zaiflik, ochlik xurujlari, mushaklarda titroq, asabiylik.
Markaziy asab tizimi buzilishlari. Terlash muvozanatli bo'lmaydi, bunda tananing bir tomoni ko'proq terlaydi. Tananing ba'zi qismlarida alopesiya soch to'kilishi kuzatilishi mumkin.
Parkinson kasalligi. Harakatlarning sekinlashishi va sezilarli hid bilan kuchli terlash.
Akromegaliya belgilari barmoqlarning qalinlashishi, oyoqlar, pastki jag', qosh yoyining uzunlashishi va ko'p terlash kuzatiladi.
Infarkt. To'sh orqasida yonish hissi bilan og'riq, terlash, tashvish, nafas qisilishi va ba'zan ko'ngil aynishi.

SoglomHayot